“O‘zbek mumtoz adabiyotini o‘rganishning nazariy va manbaviy asoslari” mavusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani


2019-yil 10-oktyabr kuni O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot 
muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 
“O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqidagi” Qonun qabul 
qilinganining o‘ttiz yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi”  Qarori 
ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbek mumtoz adabiyotini o‘rganishning 
nazariy va manbaviy asoslari” mavzuida Respublika ilmiy-amaliy anjumani 
o‘tkazildi.

Uch sho‘badan iborat mazkur anjumanda respublikamizning ITM va 
OTMlaridan oltmishdan ortiq professor, o‘qituvchi, tadqiqotchi, doktorant va 
magistrlar ishtirok etishdi.

Anjuman doirasida  O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida 
madaniy meros durdonalari, nodir manbalarni o‘rganishda amalga oshirilgan 
eng yangi ilmiy tadqiqotlar bilan keng jamoatchilik tanishtirildi.

2017-2021 Стратегия действий


March 2017
Mon Tue Wed Thu Fri Sat Sun

Date picked: